BAA G‘azodan ming nafar bemor qabul qiladi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon G‘azo sektorida tibbiy yordam olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan saraton kasalligiga chalingan ming nafar falastinlikni mamlakatga qabul qilishni buyurdi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi.

Falastin anklavining saraton kasalligiga chalingan aholisi davlat tibbiyot muassasalarida kerakli davolanish yoki reabilitatsiya kursidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

"Ushbu tashabbus BAAning birodar Falastin xalqiga yordam ko‘rsatish va sektordagi yomonlashib borayotgan gumanitar sharoitlarga javob berish bo‘yicha turli darajadagi davom etayotgan sa’y-harakatlarining bir qismidir", deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, o‘tgan hafta G‘azo sektori chegara politsiyasi yaradorlar va saraton kasalligiga chalinganlar Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti orqali anklavni tark etishlari mumkinligini ma’lum qilgan. Ro‘yxatga kamida 155 kishi kiritilgan, biroq ularning fuqaroligi ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, 2 noyabr kuni Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon G‘azo sektoridan ming nafar falastinlik bolani BAAga joylashtirish va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni G‘azo sektoridan saraton kasalligiga chalingan dastlabki 27 nafar bemor va ularning 13 nafar hamrohi Misrdan Turkiya poytaxti Anqaraga yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA saraton kasalligi G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing