BAA G‘azodan 100 ga yaqin yarador va og‘ir kasallarni evakuatsiya qildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari G‘azo sektorining 97 nafar yarador va og‘ir kasal aholisini hamda ularning 155 nafar oila a’zolarini o‘z hududiga evakuatsiya qildi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, anklavning evakuatsiya qilingan aholisi, jumladan, saraton kasalligiga chalinganlar mamlakatdagi ixtisoslashtirilgan markazlarda tibbiy yordam oladi. Bemorlar va hamrohlar Amirlik rasmiylari vositachiligida Kerem-Shalom nazorat punkti orqali o‘tkazilgan va Isroil janubidagi Ramon aeroportidan Abu-Dabiga yo‘l olishgan.

Ma’lumot uchun, urush boshlanganidan beri BAA Falastindan 1665 bemor va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qilgan. Kecha, 11 sentyabrdagi bilan qo‘shib hisoblaganda ularning umumiy soni 1917 nafarga yetgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektori janubidagi Xon Yunisdagi Al-Mavozi gumanitar zonasiga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklari evakuatsiya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing