BAA Durov ishi bo‘yicha uning advokati va Fransiya bilan aloqada bo‘lib turibdi – OAV
Olam
−
29 avgust
2736Birlashgan Arab Amirligi Telegram asoschisi Pavel Durovning ishi bo‘yicha uning vakillari va Fransiya rasmiylari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.
“Biz bu ish bo‘yicha Fransiya rasmiylari va Pavel Durov vakillari bilan aloqadamiz”, degan hukumat rasmiysi.
BAA hukumati o‘z fuqarolari farovonligini birinchi o‘ringa qo‘yishini va ularga yordam ko‘rsatishni asosiy ustuvor yo‘nalish ekanini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Durov joriy yilning 25 avgust kuni terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, Telegram'dagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar bilan hibsga olingandi. Durov bilan bog‘liq voqeadan so‘ng dunyoda uni har xil usullar bilan qo‘llab-quvvatlash boshlandi.
Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi mamlakat hukumatidan Pavel Durov ishi bo‘yicha tushuntirish berishni talab qilganda Parij rasmiylari bu masalada o‘zaro hamkorlik qilmagandi. Shunda ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda dunyo hamjamiyati hibsga olish masalasi Moskvaning Parij bilan munosabatlarining keskinlashuviga olib kelishi mumkinligini bildirgandi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiya Durovni kimningdir maslahati bilan hibsga olganini aytib chiqdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytdi.
Parij prokuraturasi Fransiya huquq-tartibot idoralari Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilayotganini ma’lum qildi. 28 avgust kuni Durov Parij sudiga olib borildi va sudya uni dastlabki so‘roq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun politsiya hibsxonasida ushlab turishni to‘xtatdi. U 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qo‘yildi. Biroq o‘zini Durovning uch farzandining onasi deb atagan Irina Bolgar unga qarshi Shveysariyada jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Ma’lumot uchun, rossiyalik tadbirkor va dasturchi Pavel Valeriyevich Durov Sent-Kits va Nevis, BAA va Fransiya davlatlari fuqarosi hisoblanadi.
LiveBarchasi