Ba’zi diplomatlar BMT yig‘ilishida isroillik hamkasbi bilan yonma-yon o‘tirishni istamadi

Olam

image

Iroq, Eron, Livan, Falastin va Suriya diplomatlari kecha, 31 iyul kuni Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi munosabati bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishida isroillik hamkasblari bilan yonma-yon o‘tirishdan bosh tortdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, davra suhbatining har ikki tomonida Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning taklif etilgan vakillari uchun ikkita o‘rindiq mavjud. Kechagi tadbirda Isroilning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili o‘rinbosari Jonatan Miller yolg‘iz o‘tirdi. Uning yonidagi joy boshqa ishtirokchilarning chiqishlari paytida bo‘sh qoldi.

Boshqa tomondan, ikkita chekkadagi o‘rindiqni Eronning doimiy vakili Amir Said Iravoniy va Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi o‘rinbosari Feda Abdul Hodi egalladi. Shu bilan birga, ularning yonida yana uchta o‘rin tashkil etildi. Ular, o‘z navbatida, Eron, Iroq va Suriya vakillari tomonidan egallandi.

Uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etdi. Tomonlar faqat bayonotlar bilan cheklanishdi.

Avvalroq, Eron HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishi, shuningdek, Isroilning Bayrutga bergan zarbalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilgandi.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing