Bahodir Jalolovning profboksdagi navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Super og‘ir vazndagi o‘zbekistonlik professional bokschi, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan Bahodir Jalolov profboksdagi navbatdagi jangini dekabr oyida o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Havaskor boksdagi faoliyati yakunlangan 30 yoshli Jalolov endi bor e’tiborini profringga qaratadi. Uning 15-jangi katta turnirda jiddiy raqibga qarshi bo‘lib o‘tishi taxmin qilinyapti.

Ma’lumot uchun, Jalolov shu vaqtga qadar profringda 14 marta jang qilib, barchasida g‘alaba qozongan va raqiblarini nokautga uchratgan. U professional boksda oxirgi marta 2023 yilning 17 noyabrda jang o‘tkazib, JAR vakili Kris Tompsonni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik boshqa bir professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik 4 ta yo‘nalishda jahon chempioni Naoya Inoue bilan jang qilishga tayyorligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing