Bahodir Jalolovning ehtimoliy raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 17 fevral kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘sha kuni unga kubalik Luis Ortis raqiblik qilishi kutilmoqda. Bu haqda “Boxen1” xabar berdi.

Ortis hozirda 44 yoshda. U professional faoliyati davomida 37 ta jang o‘tkazib, 34 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. 29 yoshli Jalolov esa shu vaqtga qadar 14 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Qayd etish joiz, Ortis oxirgi jangini 2022 yil sentyabrida og‘ir vazn toifasida sobiq chempion amerikalik Endi Ruizga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan. Jalolov esa o‘tgan yili noyabr oyida Toshkentda janubiy afrikalik Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 1-raunddayoq mag‘lub etdi. 

Ma’lumot uchun, 17 fevral kungi profboks kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladi. Kechaning markaziy jangi britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida superog‘ir vaznda mutlaq chempionlik uchun o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Aleksandr Usik Endi Ruiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing