Bahodir Jalolov “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi

Sport

image

Bahodir Jalolov "O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” deb tan olindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Og‘ir vaznli, professional-bokschisi Bahodir Jalolov – 2016 yil Olimpiya o‘yinlari yarim finaliga chiqqan, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, 2015 yilda jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 

Jalolov professional ringda o‘tkazgan barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Yekaterinburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Bahodir Jalolov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning sentyabr oyida Bahodir Jalolovni “O‘zbekiston iftixori” yuksak unvoni bilan mukofotlagan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing