Bahodir Jalolov uylandi
Sport
−
21 dekabr 2023 76106 1 daqiqa
Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent shahridagi restoranlardan birida o‘zbekistonlik professional bokschi, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tmoqda.
To‘y marosimiga taniqli sportchilardan tortib, shou-biznes vakillarining kelishi davom etmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 29 yashar bokschining turmush o‘rtog‘i Aziza hozirda universitetda tahsil oladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha urf-odatga ko‘ra sportchining to‘yi munosabati bilan osh dasturxoni yozilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr