Bahodir Jalolov Olimpiadada ishtirok etgani uchun tanqidga uchradi

Sport

image

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va professional charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasidagi g‘alabasidan so‘ng professional bokschilarning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqidagi bahsli masalaga sabab bo‘lib, “WorldBoxingNews” nashri foydalanuvchilari tomonidan tanqid qilindi. 

“Professional sifatida qatorasiga ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan og‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov sportda muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Profboksda 14 ta nokaut bilan odimlayotgan Jalolovning 2021-2024 yillar oralig‘ida havaskorlar ustidan qozongan g‘alabalarni nishonlayotgani qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Jalolov Tokio-2020’dagi oltindan tashqari, Parij-2024’da shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Jalolov Parijda g‘alaba qozonganidan so‘ng havaskor boksni tark etgani vaziyatni yumshatmaydi. Bahodir Jalolov hech qachon Olimpiya o‘yinlariga qo‘yilmasligi kerak edi. Havaskor bokschilar uchun Olimpiada bu ularning karerasining cho‘qqisi, professionallarga hech qachon Olimpiya o‘yinlarida qatnashishga ruxsat berilmasligi kerak. Bu Olimpiadani masxara qilishga teng”, deb yozdi nashr foydalanuvchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston erkaklar boks terma jamoasi Olimpiadada to‘liq tarkibda, 7 ta vaznda ishtirok etib, 5 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jalolovdan tashqari Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Laziz Mullojonov Olimpiada chempioni bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Boks Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing