Bahodir Jalolov Konkabayevdan boshqa raqibini his qilmayapti – Mirzagali Aytjonov
Sport
−
10 yanvar 2024 10003 1 daqiqa
Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjonov og‘ir vazndagi bokschilar Qamshibek Konkabayev va o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.
“Osiyo o‘yinlarida Konkabayev o‘zi tanigan bokschi Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqdi. Aytish mumkinki, u juda yaxshi jang qildi. Qamshibekning o‘zi jangdan keyin bergan intervyusida o‘zi ko‘rsatgan boksdan ko‘ngli to‘lganini aytdi. U chempion bo‘lmadi, lekin Olimpiadaga litsenziya oldi”, deydi Aytjonov.
Shuningdek, Aytjonov havaskor boksda Qamshibek Jalolovning eng jiddiy raqiblaridan biri ekanligini aytib o‘tdi.
“Qamshibek o‘z vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri. Jalolov buni biladi va uni hurmat qiladi. Bahodir Konkabayevdan boshqa raqibini his qilmayapti. Ishonchim komilki, ikkalasi ham Parijdagi Olimpiadaga puxta tayyorgarlik ko‘radi”, deydi mutaxascis.
Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining 92 kg dan yuqori vazn toifasidagi finalda Konkabayev o‘zining asosiy raqibi Bahodir Jalolov bilan jang o‘tkazib, unga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Live
Barchasi