Bahodir Jalolov BRICS o‘yinlarining finaliga chiqdi

Sport

image

Kecha, 21 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRICS o‘yinlarining boks bahslarida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Umumiy hisobda 12 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi turnirning final bosqichiga yo‘l oldi.

O‘z vazn toifalarida Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Shahzod Muzafarov, Hudoynazar Fayzov, Dilshod Abdumurodov, Shavkatjon Boltayev, Havasbek Asadullayev,Javohir Ummataliyev, To‘rabek Habibullayev, Madiyor Sayidrahimov va Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ayollardan esa Nigina O‘ktamova va Aziza Zokirova oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.

Erkaklardan Asilbek Jalilov, Adhamjon Muhiddinov va Shohjahon Abdullayev, ayollardan esa Feruza Kazakova, Sitora Turdibekova, Dilfuza Bekova, Mavluda Movlonova va Oltinoy Sotimboyeva bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing