Bahodir Jalolov BRICS o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan 6-BRICS o‘yinlarida chempion bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

+92 kg vazn finalida Jalolov belaruslik Vladislav Smyaglikovdan ustun keldi.

Jalolovdan tashqari -92 kg vaznda bahs olib borgan o‘zbekistonlik bokschi Madiyor Sayidrahimov, finalda mezbon Ramazan Hanapiyevni mag‘lubiyatga uchratdi. -67 kg vaznda Shavkatjon Boltayev mezbon Karen Solovyovni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning chempioniga aylandi. O‘z vaznida Havasbek Asadullayev mezbon Sergey Koldenkovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Javohir Ummataliyev, To‘rabek Habibullayev va Dilshod Abdumurodov turnirning kumush medaliga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Madiyor Sayidrahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing