Tadbirkorlar QQS to‘lashda qonunni buzsa “qora ro‘yxat”ga tushadi

Jamiyat

image

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi orqali umumxalq muhokamasi uchun joylashtirildi.

Mazkur Nizom loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda

Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining arizasi kelib tushgan sanadan e’tiboran yetti ish kuni ichida quyidagilarni tahlil qiladi:

•    rahbarning shaxsini identifikatsiya qiladi (familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, doimiy va (yoki) vaqtincha yashash joyi, pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat rekvizitlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, uy telefoni raqami, tadbirkorlik sub’ekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi telefon raqami, uyali aloqa telefoni raqami, elektron pochta manzili);

•    soliq to‘lovchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligi;

•    o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmagan taqdirda ijara shartnomasining mavjudligi;

•    xodimlarning yoki yollanib ishlovchi jismoniy shaxslarning soni;

•    elektron ҳисобvaрақ­фактураларни rasmiylashtirishi, saqlashi va hisobini yuritishi.

Shu bilan birga, Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari axborot olish maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ektida rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslarni suhbatga taklif etishga va ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ekti joylashgan joyga borishga xaqli.

QQSga oid huquqbuzarliklar tahlil natijalariga ko‘ra ariza beruvchi 3 ta guruhdan biriga kiritiladi:

•    QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;

•    QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;

•    QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi oz bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari.

QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari jumlasiga:

•    rahbarining yoki ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ektida rahbarlik vazifalarini yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsining shaxsi aniqlanmagan;

•    haqiqatda joylashgan joyi tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan manziliga mos kelmaydigan;

•    o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmagan taqdirda ijara shartnomasi mavjud bo‘lmagan;

•    yollanib ishlovchi xodimlari bo‘lmagan soliq to‘lovchilar kiritiladi.

QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari jumlasiga:

•    ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ektining rahbari yoki rahbarlik vazifalarini yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchining shaxsi identifikatsiyalangan, biroq moliyaviy­хўжалик faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan;

•    buxgalteriya hisobini yuritish vazifalarini amalga oshiruvchi, tegishli bilim va ko‘nikmalari bo‘lgan xodimga ega bo‘lgan yoki buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarini ko‘rsatuvchi professional tashkilot bilan shartnoma tuzgan;

•    haqiqatda joylashgan joyi tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan manziliga mos keladigan;

•    o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmagan taqdirda ijara shartnomasi mavjud bo‘lgan;

•    yollanib ishlovchi xodimlari bo‘lmagan yoxud ularning soni 1­2 kishini tashkil etadigan soliq to‘lovchilar kiritiladi.

QQSga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi oz bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari jumlasiga:

•    ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik sub’ekti rahbari yoki rahbarlik vazifalarini yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi identifikatsiyalangan hamda moliyaviy­хўжалик faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan;

•    buxgalteriya hisobini yuritish vazifalarini amalga oshiruvchi, tegishli bilim va ko‘nikmalari bo‘lgan xodimga ega bo‘lgan yoki buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarini ko‘rsatuvchi professional tashkilot bilan shartnoma tuzgan yoxud buxgalteriya hisobini yuritish elektron dasturi mavjud bo‘lgan;

•    haqiqatda joylashgan joyi tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan manziliga mos keladigan;

•    o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmagan taqdirda ijara shartnomasi mavjud bo‘lgan;

•    xodimlarining soni 3 kishidan oshadigan soliq to‘lovchilar kiritiladi.

Tadbirkor QQS bo‘yicha xavf guruhiga kiritilsa...

Axborotni tahlil qilish yakunlangan kunda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga ariza beruvchi QQS bo‘yicha xavf guruhlaridan biriga kiritilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.

Agarda soliq to‘lovchi:

•    huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan guruhga kiritilsa, ro‘yxatga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida;

•    huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi o‘rta bo‘lgan guruhga kiritilsa, soliq nazorati bo‘yicha faol tadbirlarni o‘tkazgan holda ro‘yxatga qo‘yish to‘g‘risida;

•    huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi kam bo‘lgan guruhga kiritilsa, ro‘yxatga qo‘yish to‘g‘risida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga bildirishnoma yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga qo‘yish chog‘ida soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etilgan ro‘yxatga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va davlat soliq xizmati organining ro‘yxatga qo‘yish to‘g‘risidagi qarori asosida ro‘yxatga qo‘yish Guvohnomasini shakllantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkor QQS

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing