Aziz Abduhakimov Turkistonda Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

Jamiyat

image
Istanbulda fabrikada jarohatlangan o‘zbekistonlik vafot etdi north_east

Istanbulda fabrikada jarohatlangan o‘zbekistonlik vafot etdi

Kecha, 4 noyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan: One way – One history” xalqaro turistik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aktota Raimkulova, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov, diplomatik korpus hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

“O‘zbekistonda 2016 yildan turizm strategik sohalardan biri sifatida belgilab olindi, shu bois qo‘shni davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunda Ipak yo‘li zonasini yaratish (Silk Visa rejimini joriy qilish)ga doir loyihani amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugun biz aniq natijaga erishish yo‘lida hamkasblarimiz bilan ushbu masalani yana bir bor muhokama qilamiz”, deydi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida. Shu bilan birga, turistlar oqimi, investorlar uchun imtiyozlar hamda O‘zbekistonda turizm sohasida kuzatilayotgan o‘zgarishlarga oid ma’lumotlar taqdim etildi. 

“2018 yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik mahsulotlar diversifikatsiyasi hamda sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarida turizmni tiklash borasida faol ishlar olib borilmoqda. Yirik reyting agentliklari O‘zbekistonni turizm sohasi eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etmoqda, turizm rivoji dinamik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston tarixida eng katta o‘sishni namoyish etmoqda”, deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov. 

Bundan tashqari, Qo‘mita raisi viza rejimining soddalashtirilgani, vizaning alohida turlari hamda ikki tomonlama munosabatlar rivoji haqida so‘zladi. Forum doirasida Ipak yo‘li kesimidagi mamlakatlarda turizmni rivojlantirish, turizm sohasini raqamlashtirish hamda marketing yo‘nalishidagi yangi imkoniyatlar va trendlar, shuningdek kelajak iqtisodiyotida hozirgi yoshlarning tutgan o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Xalqaro forum ishida 300 dan ortiq kishi ishtirok etib, ularning orasida xorijiy mamlakatlar vazirliklari vakillari, turizm sohasining xalqaro darajadagi professionallari, davlat hukumat organlari, xalqaro biznes hamjamiyati, turistik tashkilotlar, uyushmalar va investitsion kompaniyalar vakillari bor. Ta’kidlash joizki, 4-5 noyabr kunlari forum doirasida “Silk Road Craftsman-2019” xalqaro hunarmandlar yarmarkasi o‘tkazilmoqda. 

4 noyabr kuni yarmarkaga Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari hamda diplomatik korpuslar vakillari tashrif buyurishdi. Yarmarkada Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 200 dan ziyod hunarmand ishtirok etdi. Mazkur xalqaro yarmarka xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hunarmandchilik maktablari an’analarini tiklash hamda asrash yo‘lida xizmat qiladi. 

Forumning ikkinchi kuni, ya’ni 5 noyabrda Turkiston viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab informatsion tur o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing