Lola Rahmonboyeva yana Aziz Abduhakimovning matbuot kotibi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi Matbuot kotibi – Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Lola Samig‘jonovna Rahmonboyeva tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida xabar berildi. 

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Lola Rahmonboyeva 2019 yildan shu kunga qadar Turizm va madaniy meros vazirligida xuddi shu lavozimda ishlagan.

Lola Rahmonboyeva 2016-2019 yillarda esa mahalliy yangiliklar nashrida faoliyat yuritgan.

Lola Rahmonboyeva 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistraturasini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

matbuot kotibi Lola Rahmonboeva Tabiat resurslari vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing