Erkinjon Turdimov Samarqanddagi matbuot kotibini chaqirib oldi
Jamiyat
−
04 Fevral 2025 29240 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Manuchehr Boborahimovich Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Manuchehr Mirzayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018-2024 yillarda Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr