Azim Ahmedxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining bugun, 31 avgustdagi PQ-5240-sonli qarori bilan Ahmedxo‘jayev Azim Isroilovich Respublika Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Azim Ahmedxo‘jayev 1979 yilda tug‘ilgan. U 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2016 yilning may oyidan 2017 yilning martiga qadar “Asaka” bankini boshqargan. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ng raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. 2018 yilning avgustidan u Prezident huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2019 yil yanvar oyidan beri esa Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajargan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Energetika

Baholaganlar

369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing