Ajiotaj boshlandi. “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelmoqda

Sport

image

Mbappe nomi yozilgan futbolkalarga talab shunchalik ko‘paydiki, “Real Madrid”ning marketing tizimi yetkazib berish kechikishi haqida muxlislarni oldindan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kechikishlar to‘rt haftadan olti haftagacha bo‘lishi mumkin. “Real Madrid” mutasaddilari Mbappe nomi tushirilgan futbolkalarga bunchalik katta talab bo‘lishini kutmagan. Bunday holat faqat 2009 yilda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘tganida sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappening rasmiy taqdimoti 16 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Fransiyalik hujumchining maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining sermahsulligiga qarab, unga qo‘shimcha bonuslar to‘lanadi. Mbappening tovon puli miqdori milliard yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made