Azar yana APLga qaytishi mumkin

Sport

image

“Real” yarim himoyachisi Eden Azar joriy yil qishda Angliya Premer ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida APLning bir qancha klublari belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Jumladan, uning sobiq jamoasi “Chelsi” va saudiyalik milliarderlar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl” 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan. Biroq, hali rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Azar yana “Oltin to‘p” uchun kurash olib borishini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Eden Azar La liga joriy mavsumida 8 o‘yin o‘tkazib, atigi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Eden Azar Real Madrid La liga N'yukasl

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing