Azar sudlanishi mumkin
Sport
−
14 mart 921 1 daqiqa
Belgiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Eden Azar qimor o‘yinlarini targ‘ib qilgani uchun sudga tortilishi mumkin. Bu haqda “Het Laatste Nieuws” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Belgiya qimor komissiyasi sobiq futbolchiga nisbatan tergov boshlagan. Bunga Azarning yaqinda Belgiyada noqonuniy hisoblangan bukmekerlik kompaniyasining elchisi bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu kompaniya o‘z brendini targ‘ib qilish uchun avval ham bir qator mashhur futbolchilarni jalb qilgan. Ular orasida sobiq darvozabon Iker Kasilyas va argentinalik futbolchi Serxio Aguero ham bor.
Manbaga ko‘ra, Azar kompaniyaning marketing kampaniyalarida ishtirok etgan hamda raqamli platformalarda muxlislar bilan muloqot qilgan. Kompaniya uni ijtimoiy tarmoqlarda mashhurligi sabab tanlagan. Masalan, futbolchining faqat Instagram sahifasida 27 milliondan ortiq obunachi bor.
Ma’lumot uchun, Eden Azar uzoq davom etgan jarohatlar tufayli 2023 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aston Villa” klubi va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) tomonidan pul tikish reklamasi qoidalarini buzganlik ehtimoli bilan tekshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.