Azaga kelgan o‘z dardini aytib yig‘lar. Erdo‘g‘an Turkiya YeIga qabul qilinmayotganidan nolidi

Olam

image

Anqara Rossiya va Ukrainani zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Kosovo Prezidenti Vosa Usmoniy-Sadu bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Biz Rossiya va Ukrainani zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz. Ikki davlat ham dunyoda tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shsin”, deydi Turkiya rahbari. 

U "mintaqadagi va undan tashqaridagi barcha o‘yinchilarning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shishi" muhimligiga ishora qilgan. 

Prezident Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Ukrainaning ittifoqqa kirishiga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi. Shu bilan birga, u Bryussel tomonidan Turkiyaning ittifoqqa qo‘shilishi borasida olib borilayotgan ikki tomonlama standartlar siyosatini yana bir bor eslatdi.  

“Yevropa Ittifoqi a’zolaridan so‘ramoqchiman, nega Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi masalasi hali ham sizni tashvishga solmoqda? Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligiga va Turkiyaga nisbatan befarqmasligingizni ko‘rsating. Yoki Turkiyaga kimdir hujum qilsagina bu masalani kun tartibiga qo‘yasizmi?”, deydi Turkiya rahbari. 

U Turkiya Kosovoning NATOga a’zo bo‘lishi uchun kerakli qadamlar tashlashini qayd etgan. Erdo‘g‘anga ko‘ra, Anqara har doim Shimoliy Atlantika alyansining kengayishini qo‘llab-quvvatlab kelgan, chunki bu dunyoda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Turkiya yetakchisi FETO terror tashkilotiga qarshi kurashga ham to‘xtaldi. Shu munosabat bilan u Kosovo rasmiylarini ushbu mamlakat hududidagi guruh faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqirdi.  

“Demokratiyamizga hujum qilgan va 251 nafar fuqaromizni shafqatsizlarcha o‘ldirgan terror tashkilotining mavjudligiga chek qo‘yish nihoyatda muhim”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing