Aytamiz ham, qaytamiz ham. Qodirov lavozimida yana uzoq vaqt qolmoqchiligi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 Sentabr 2022
9456Kuni kecha haydashmasidan o‘zi iste’foga chiqishi kerakligini aytgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yaqin vaqtda mintaqa boshqaruvidan ketish niyatida emasligini aytdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa rahbari lavozimida uzoq qolish bo‘yicha rekord 27 yil. Endilikda u mana shu rekordni yangilamoqchi.
“Endi men joriy rekordni yangilashga qaror qildim. Ko‘ramiz, bu ko‘rsatkichdano‘ta olamanmi”, deb yozdi u bugun, 6 sentyabr kuni Telegram-kanalida.
Qodirovning tushuntirishicha u “shunchaki keta olmaydi”, chunki xalq unga mintaqa rahbarligini ishonib topshirgan.
“Men faqat xalq va Rossiya Prezidentidan so‘rash orqali ketishim mumkin. Shuning uchun biz muddatsiz ta’til haqidagi gapni kelajakka qoldiramiz”, deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 sentyabr kuni Ramzan Qodirov lavozimida ko‘p vaqt qolib ketganini, cheksiz va uzoq ta’tilga munosibligini aytib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov general-leytenant unvoniga ega. Joriy yilning 29 mart kuni Prezident Vladimir Putin uning harbiy unvonini oshirgandi.
Ramzan Qodirov 2007 yildan beri (15 yil) Chechenistonni boshqarib keladi va o‘z lavozimini haqiqatan ham Rossiya boshqa viloyatlarining rahbarlaridan ko‘ra ko‘proq vaqt davomida saqlab qolmoqda. U 2021 yil sentyabrida yangi besh yillik muddatga qayta saylangan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15