Ayrim o‘qituvchilarga oyligiga nisbatan 50 foizgacha ustama to‘lanadi
Jamiyat
−
18 mart 2020
12667Respublikada matematika sohasidagi kardlarga bo‘lgan yuqori talab natijasida matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilarining oyligiga qo‘shimcha 30 foiz ustama haq to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida qayd etilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tuman (shahar) markazida matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Loyihada belgilanishicha:
• matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olish uchun o‘quvchilar tanlov asosida saralab olinadi;
• matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fani o‘qituvchilari tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
• matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fani o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 30 foiz miqdorda oylik ustama haq to‘lanadi.
Shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida Matematika fanlari bo‘yicha bilimlarining muvofiqligi sertifikatining tegishli darajasiga ega o‘qituvchilarga ular faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq belgilanadi.
LiveBarchasi