Ayrim o‘qituvchilarga maxsus ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi
Jamiyat
−
02 mart 2021
8202Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi va pedagoglarni jalb etish to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.
“Vazirlik tomonidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablari bo‘sh ish o‘rinlariga (vakant dars soatlari bo‘yicha) boshqa hududlardan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish sxemasi ishlab chiqildi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ish.uzedu.uz cayti orqali tanishish mumkin”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, umumta’lim maktablarda o‘qituvchilarni ishga olish tartibi soddalashirilib, shu vaqtga qadar o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha buyurokratik tartiblar bekor qilingan hamda ishga qabul qilish maktab rahbarining vakolatiga o‘tkazilgan.
Shu bilan bir qatorda, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablariga boshqa hududlardan ishga qabul qilish uchun bo‘sh ish o‘rinlariga ikki va undan ortiq nomzodlar talabgor sifatida hujjat topshirgan hollarda maktablardagi tanlov komissiyasi tomonidan saralab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yilning 1 martidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinishi belgilangan.
Bunda:
• bir ma’muriy birlik (viloyat) doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
• boshqa ma’muriy birlik (viloyat)dan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
LiveBarchasi