Qaysi o‘qituvchilar majburiy attestatsiyadan o‘tkazilmasligi aytildi
Jamiyat
−
24 mart 2023
9309Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog xodimlar safi kengaymoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 120-son qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan boshlab:
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Mazkur qarorga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi