Ayrim toifa avtotransport vositalaridan stiker talab etilmaydi

Jamiyat

image

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnikalarini tashishga mo‘ljallangan va N1, N2, N3 toifadagi avtotransport vositalari uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi. Bu haqda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlarga murojaatida ma’lum qilinmoqda. 

“Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yo‘l - patrul xizmati statsionar postlaridan o‘tishda turli ko‘rinishdagi to‘sqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz:

Zudlik bilan, “71. 268-00-36” telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.

Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining “1102”, Bosh prokuraturaning “1007” yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining “1100” qisqa raqamli “ishonch telefon”lariga ham murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi murojaatda.

Avvalroq tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 28 mart kuni qabul qilgan qaroriga binoan 30 martdan 20 aprelga qadar Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnoma (stiker)siz avtomobil boshqarishga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi. Dastlabki hujjatga ko‘ra, N1, N2, N3 toifadagi avtotransport vositalari hujjat talab etilmaydigan transport vositalari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Keyinroq, vaziyat taqazosi bilan ushbu ro‘yxat qaytadan shakllantirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV Bosh prokuratura Savdo-sanoat palatasi stiker

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing