Tadbirkorlar manfaatiga zid bölgan ikki hujjat loyihasiga rad javobi berildi
Biznes
−
19:53 638 2 daqiqa
Soliq qömitasi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan işlab çiqilgan, qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritiş hamda energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan ikki hujjat loyihasi qayta işlaş uçun mualliflarga qaytarildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 17 noyabr kuni Savdo-sanoat palatasida Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötgan. Kun tartibida taşqi savdo, xalqaro yuk taşuvlari, valyuta xatarlarini boşqariş, soliq qonunçiligi va energiya samaradorligiga oid 9 ta normativ-huquqiy hujjat körib çiqilgan.
Muhokamada Kengaş a’zolari Soliq qömitasi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan işlab çiqilgan, qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritiş hamda energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan ikki hujjat loyihasini tanqidiy körib çiqqan.
Asosiy e’tiroz – taklif etilayotgan normalarning tadbirkorlik amaliyotiga mos emasligi. Şu sababli har ikki loyiha qayta işlaş uçun mualliflarga qaytarilgan.
Qolgan masalalar böyiça esa tadbirkorlarning taklif va e’tirozlari inobatga olinib, tegişli qarorlar qabul qilingan.
Yiğiliş yakunida barça qabul qilinayotgan qarorlar, avvalo, tadbirkorlar manfaatiga xizmat qilişi, biznes uçun qulay şaroit yaratişi va iqtisodiy erkinlikni ta’minlaşi zarurligi ta’kidlangan.
Live
Barchasi