Ayrim tashqi kuchlar O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishini istamayapti – Rossiya elchisi

Jamiyat

image

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ayrim tashqi kuchlar O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qo‘shilishini istamayotganini aytdi. Bu haqda u “Rossiya-24” telekanali efirida gapirdi. 

“Hozirda xalqaro munosabatlar, jumladan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham qayta tashkil etilmoqda. Bu yerda O‘zbekistonning bunday qadam tashlayotganini yoqtirmaydigan tashqi o‘yinchilar ham bor”, deydi diplomat.

Malginov O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lidan borayotganini, biroq bu aynan qachon sodir bo‘lishi hozircha ma’lum emasligini bildirgan.

"Jarayon davom etmoqda, ammo bu qachon tugashini aytish qiyin", deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

YeOII xalqaro yuridik shaxsga ega mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotdir. Unga Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. Tashkilotning asosiy afzalliklaridan biri bu umumiy mehnat bozoridir.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi raislik 2024 yil 1 yanvardan Rossiyadan Armanistonga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oleg Mal'ginov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing