Ayrim shaxslarga poyezd va avtobus uchun chiptalar bepul bo‘ladi
Jamiyat
−
06 noyabr
7453O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tanloviga ko‘ra temiryo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bir yilda faqat bir marta bepul chiptalar beriladi. Bu haqda 4 noyabr kuni hukumat qarori bilan tasdiqlangan "O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda so‘z boradi.
Nizomga ko‘ra, borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, 17 288 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs ijtimoiy-maishiy xizmatlardan foydalanib kelayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi