Ayrim OTMlarning 3-4 kurs talabalari uchun yangi fan joriy qilinadi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
89752021-2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizmi fani bo‘yicha o‘quv dasturi ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining taklifi asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan Prezident farmoni loyihasida shu haqda so‘z boradi.
Mazkur hujjat loyihasiga muvofiq, 2020–2021 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi (bahorgi semestr)dan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida, 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizm”, “transport logistikasi” va “kreativ sanoat” (creative industry) magistratura ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini o‘rganish filologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini ham tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda bayramlar munosabati bilan kamida 3 ish kunidan iborat qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash taklif qilingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi