Ayrim nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyatiga ruxsat berildi

Jamiyat

image
Taksichilik uchun litsenziyalar berish vaqtincha to‘xtatildi north_east

Taksichilik uchun litsenziyalar berish vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan darslik chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonlarining  faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra:

2020/2021 o‘quv yilida umumta’lim muassasalarini darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida ularni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlariga jalb etilgan davlat va xususiy nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.

Bunda:

•    nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyati hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena tadbirlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi;

•    ushbu korxonalarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, xodimlarga ovqatlanishni tashkil etish, shaxsiy gigiyenik vositalar bilan ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik tegishli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Avvalroq, Toshkent shahridagi kimyoviy tozalash muassasalari qayta yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1657 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 357 nafari davolandi va 6 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing