Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoniga ko‘ra, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Bunda ularga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.

Avvalroq, Prezident farmoni bilan qator tadbirkorlik sub’ektlari 2020 yil 1 sentyabrgacha ba’zi soliqlardan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing