Ayrim korxonalarning ish haqi xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi
Jamiyat
−
16 aprel 2020
7811Iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalar moliyaviy sog‘lomlashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida qayd etilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini ko‘paytirib, 4 nafar qo‘shimcha shtat birligi ajratilgan holda markaziy apparatidagi Bankrotlik masalalari va Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish boshqarmalari negizida Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy inqirozdan olib chiqish Departamenti tashkil etiladi hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari har biriga 1 nafardan jami 14 nafar qo‘shimcha shtat birligi ajratiladi.
Agentlikka davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy inqirozdan chiqarish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
• iqtisodiy nochor korxonalarga ularni moliyaviy inqirozdan olib chiqish uchun xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilishda ko‘maklashish hamda ularning ish haqi xarajatlarini qoplab berish;
• to‘lovchanlik qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjud bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarga tijorat banklaridan kredit olishda kafilliklar
• va kafolatlar hamda ularning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatish;
• to‘lovchanlik qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjud bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarga ularning kreditorlari bilan qarzdorlik to‘lov muddatini uzaytirish, bo‘lib to‘lash yoki qisman kechish bo‘yicha kelishuv davrida kafilliklar va kafolatlar berish shaklida yordam ko‘rsatish;
• to‘lovchanlik qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjud bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan bo‘lgan qarzdorliklari to‘lov muddatini uzaytirish, penya va jarimalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
• xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari bilan iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish.
LiveBarchasi