Ayrim bolalar uchun maktabdagi tushlik yagona taomlanish vositasidir – UNICEF

Olam

image
O‘zbekistonda 9 foiz bola yetarlicha ovqatlanmaydi – UNICEF north_east

O‘zbekistonda 9 foiz bola yetarlicha ovqatlanmaydi – UNICEF

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyoda ko‘plab maktablar yopilmoqda va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jahondagi 320 million o‘quvchi offlayn darslarga qatnay olmayapti. Taqqoslash uchun, bir oy oldin – noyabr oyi boshida 232 million bola maktabga bormagan.

“Hozir biz COVID-19 ning maktablarda qay yo‘l bilan tarqalishini va bolalarni hamda binolarni infeksiyadan himoyalashni bilsak-da, baribir noto‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilyapmiz”, deydi UNICEF vakili Robert Jenkins.

Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, maktablar COVID-19 ni urchitish uchun asosiy joy emasligi haqida dalillar mavjud.

“Biroq biz qo‘rqinchli tendensiyani ko‘rib turibmiz – hukumatlar maktablarni yopmoqda. Ular bu ishni favqulodda holat yuzasidan emas, balki asosiy masala sifatida amalga oshirmoqda. Ba’zi hollarda bu ishlar tuman va shaharlar ko‘lamida emas, balki butun mamlakat bo‘ylab qo‘llanilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni va bolalarning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, dedi Jenkins.

UNICEF mutaxassislarining ta’kidlashicha, ko‘plab bolalar uchun maktablarda darslarning bekor qilinishi ularning ta’lim olishidagi imkoniyatlarini ikki baravar qiyinlashtiradi. Chunki bolalarning aksariyatida onlayn ta’lim olish uchun internet va zarur gadjetlar mavjud emas.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam o‘quvchilari uchun maktab ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolati hisoblanadi. O‘qituvchilar, maktab psixologlari ijtimoiy xizmat xodimlari qiyin vaziyatlarda bo‘lgan maktab o‘quvchilarining hayotida muhim rol o‘ynashi mumkin. Juda kambag‘al oilalarning ayrim bolalariga maktabda tarqatiladigan tushlik ulr uchun yaxshi va to‘yib ovqatlanishning yagona vositasi hisoblanadi.

UNICEF’da ta’kidlanishicha, koronavirusning tarqalishi bilan maktablarning ochilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. 191 ta davlatdagi o‘quv dargohlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi aynan shuni ko‘rsatmoqda. Jamg‘arma hukumatlarni maktablarni ochishga chaqirmoqda. Faqat zarur ehtiyot choralarini ko‘rish kerak, ya’ni o‘qituvchilar va o‘quvchilar niqobda bo‘lishi, masofani saqlashi, qo‘llarini tez-tez sovun bilan yuvishlari yoki dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishlari va muntazam ravishda koronavirus testlarini o‘tkazish talab qilinadi.

Avvalroq, Butun dunyo bo‘yicha taxminan 3 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 1,3 milliard bolaning uyida internet mavjud emasligi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 36 million o‘g‘il-qizning uyida internet yo‘qligi, shu sabab ular onlayn ta’lim olishda muammolarga duch kelayotgani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'lim UNICEF

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing