Ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 14 sentyabr kuni tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga respublikaning ayrim hududlarida yana bitta maxsus soliq rejimi – respublikaning ayrim hududlariga soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi.

XXI bo‘lim “Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari” “Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari” etib qayta nomlandi va 71-1-bob “O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari” bilan to‘ldirildi.

Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekistonning alohida hududlari quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 ko‘chasi.

Respublikaning ayrim hududlarida foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va JSHDS bo‘yicha soliq stavkalari 1% miqdorida belgilanadi.

Soliq stavkalari:

•    foyda solig‘i bo‘yicha - ayrim hududlar soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
•    JSHDS bo‘yicha  - respublikaning ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladi;
•    aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha - soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tushumining respublikaning ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.

Respublikaning ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi JSHDS har chorakda 25 ming so‘m miqdorida to‘lanadi.

Ijtimoiy soliq bo‘yicha quyidagilar uchun soliq stavkalari belgilanadi:

•    yuridik shaxslar uchun (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) – 1 foiz. U respublikaning ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi;
•    respublikaning ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida.

Respublikaning alohida hududlarida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan SKning 415, 422, 429, 437 va 445-moddalarida belgilangan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing