Ayovsiz ayoz. Pokistonda odamlar qor ostida qolib vafot etmoqda.

Olam

image

Pokistonning shimoliy tog‘li hududida joylashgan Murri shahrida qor bosib qolishi sababli kamida 16 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. 

Qayd etilishicha, qurbonlarning aksar qismi qalin qor yog‘ishi oqibatida avtomashinada halokatga uchrab, yo‘l chetidagi qor uyumlari orasiga tiqilib qolgan. 

“Sovuqda avtomashinalar ichida qolib ketish natijasida kamida 16-19 kishi halok bo‘lgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlariga harbiylar ham jalb qilingan”, deya ta’kidlagan bugun, 8 yanvar kuni mamlakat Ichki ishlar vaziri Shayx Rashid Ahmad. 

Islomobod politsiyasi zobiti Atik Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan 16 kishidan sakkiz nafari bir oilaning a’zolari bo‘lishgan. Marhum oila boshlig‘i Navid Iqbol ham Islomobod politsiyasi zobiti bo‘lgan. 

Mamlakat Bosh vaziri Imron Xon “dahshatli fojia”dan chuqur qayg‘uda ekanlini ma’lum qilib, Twitter’da post qoldirgan. “Vaziyat yuzasida qat’iy tergov o‘tkazib, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralar ko‘rilishi haqida topshiriq berdim”, deya bildirgan Bosh vazir Xon.

Mamlakat poytaxtidan 50 km uzoqlikda joylashgan Murri, qish mavsumida yiliga 1 milliondan ortiq sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi qishki kurort hisoblanadi.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda butun bir oilaning barcha a’zolari, hatto, yosh bolalar ham mashina ichida qorga burkanib yotgani aks etgan tasvirlar mavjud. 

Joriy haftaning seshanba kunidan buyon tinmay yog‘ayotgan qor, hududga mamlakat bo‘ylab minglab sayyohlarni jalb qila boshlagan. 

Qayd etilishicha, falokatga rasmiylarning e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Qorli tepalikka qarab cho‘zilgan tor yo‘lda avtomashinalar qatnovi uchun yetarlicha sharoitlar yaratilib, yo‘llar qordan tozalanmagan. 

Ichki ishlar vazirining ma’lum qilishicha, hudud bo‘ylab yoqqan qorning qalinligi 1,2 metrgacha yetgan. Jiddiy ogohlantirishlarga qaramasdan, odamlar bilan to‘la minglab mashinalar kurortga tomon yo‘l olgan. Bu esa o‘z navbatida hudud bo‘ylab kilometrlab tirbantliklarni keltirib chiqargan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing