Ayolning videosini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilganlar ushlandi

Jamiyat

image

Chiroqchi tumanida fuqaroni internet tarmoqlari orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.

Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A. oldindan til biriktirib, fuqaro G‘.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1000 AQSH dollari talab qilgan. Ular talab qilingan puldan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chiroqchi tovlamachilik

Baholaganlar

309

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing