Chirchiqda maktabdan bola o‘g‘irlashga urinish haqidagi mish-mishlar o‘rganib chiqildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2019
4326Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi joriy yilning 27 sentyabr’ kuni yuqoridagi xabar hamda ayol kishining foto suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganligi holatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganish davomida, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suratdagi ayol Buxoro viloyatida tug‘ilgan G.S. ekanligi aniqlandi. U dugonasining iltimosiga ko‘ra, uning qizini o‘z farzandi 2012 yilda tug‘ilgan O.O. bilan birga, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan olib kelish maqsadida mazkur maktabga borganligi, maktabda dugonasining qizi uni tanimaganligi hamda u bilan ketishni xohlamaganligi sababli, maktab xodimlarni e’tiboriga tushgan.
Natijada sodir bo‘lgan anglashilmovchilik holati tufayli, voqea befarq bo‘lmagan fuqarolar tomonidan G.S. suratga olinib, “bola o‘g‘risi” yo‘sinidagi tasdiqlanmagan noto‘g‘ri xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
LiveBarchasi