Jizzaxda ayolning behayo suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi ushlandi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
15115Jizzax viloyatda yigit ayolning behayo suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Zafarobod tumanida yashovchi, poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida ta’lim olayotgan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U Jizzax shahrining “Obod” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan E.A. unga nisbatan tovlamachilik qilayotganligini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit ayolning behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqda tarqatishini aytib, 8 ming AQSH dollari talab qilganini aytgan.
Jabrlanuvchining arizasi asosida viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir uyushtirildi. Qisqasi, tovlamachi Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasi hududida 3 ming AQSH dollari olgan paytida ushlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi