Ayollarni fohishalikka yuborayotgan shaxs chegarada ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida ayollarni fohishalik bilan shug‘anllanish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 12 yanvar kuni Yashnobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Svetlana K. va 28 yoshli Manzura A. murojaat qilishgan. Arizachilar ularni Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahriga fohishalik qilish uchun jo‘natishni taklif qilgan 32 yoshli Iroda D.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

15 yanvar kuni taxminan soat 15:00 da Toshkent shahar va Toshkent viloyat IIBB xodimlari Iroda D.ni “G‘ishtko‘prik” chegara postida shikoyatchilarni qo‘shni respublikaga jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (“Odam savdosi”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi chegara

Baholaganlar

289

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing