Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ortgan. BMT 16 kunlik kampaniyaga start berdi
Olam
−
26 noyabr 2020
5180“Diniy bilimlarni ham oshirish vaqti keldi”. Polkovnik Umida Abdullayeva bilan ayollar haqida suhbat
COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalgandan beri, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan. Ayrim mamlakatlarda zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ishonch telefoni orqali xabar qoldirish 5 baravarga ortgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 25 noyabr – xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilgan bayonotida so‘z boradi.
“Bu soya pandemiyasi va biz uni to‘xtatish uchun global jamoaviy harakatga muhtojmiz. COVID-19 tufayli, tibbiy xizmat va birinchi tez tibbiy yordamga oiladagi zo‘ravonlik qurbonlaridan murojaatlar ortgan. Ushbu xizmatlarning imkoniyatlarini kuchaytirish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.
“BMT-Ayollar” tuzilmasi COVID-19 davrida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning ushbu soyali pandemiyaga qarshi kurashish uchun ma’lumotlarni to‘playdilar va hayotiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda BMT Bosh kotibining ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha uzoq muddatli UNiTE kampaniyasi moliyaviy bo‘shliqlarni bartaraf etish, pandemiya zo‘ravonliklaridan jabrlanganlarga muhim xizmatlarni ko‘rsatish, parvarishlash xizmatlarining salohiyatini kuchaytirish uchun profilaktika va ma’lumot to‘plashga qaratilgan global harakatlarni kuchaytirishga qaratilgani aytiladi.
Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunining bu yilgi mavzusi “Olovrang dunyo: moliyalashtirish, munosabat bildirish, oldini olish va ma’lumot to‘plash!” bo‘ldi. BMTning ma’lum qilishicha, o‘tgan yillardagidek, ushbu xalqaro kunda ham 16 kunlik faollik kampaniyasiga start berildi va u joriy yilning 10 dekabrida – Xalqaro inson huquqlari kunida yakunlanadi.
Ushbu xalqaro kunni nishonlash uchun bu yil bir qator ommaviy tadbirlar rejalashtirilgan. Dunyoning ko‘plab shaharlarida tarixiy binolar va yodgorliklar zo‘ravonlikdan xoli kelajakni qurish zarurligini eslatish uchun olovrang chiroqlar bilan yoritiladi.
Nega ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilish kerak?
Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik bugungi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan, hal qilinmaydigan va halokatli inson huquqlari buzilishlaridan biridir.
Bu jismoniy, jinsiy va psixologik shakllarda namoyon bo‘ladi, shu jumladan:
• erkaklarning zo‘ravonligi (kaltaklash, psixologik zo‘ravonlik, oilaviy zo‘rlash, qotillik);
• jinsiy tajovuz va ta’qiblar (zo‘rlash, zo‘ravonlik bilan jinsiy aloqada bo‘lish, istalmagan jinsiy oqibatlar, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, majburiy nikoh, ko‘cha bezoriligi, ta’qib qilish, kiberhujum);
• odam savdosi (qullik, jinsiy ekspluatatsiya);
• ayollarning jinsiy a’zolarini nogironlik darajasiga keltirish;
• bolalar nikohlari.
1993 yildagi Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi deklaratsiyada “ayollarga nisbatan zo‘ravonlik” atamasi quyidagicha ta’riflanadi: “ayollarga jismoniy, jinsiy yoki psixologik zarar yetkazadigan va azob-uqubatlarni keltirib chiqaradigan yoki bunga olib kelishi mumkin bo‘lgan jinsi asosida qilingan har qanday zo‘ravonlik harakati, shuningdek jamoatchilik qarshisida yoki shaxsiy hayotda bo‘lsin, bunday qilmish bilan tahdid qilish, majburlash yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish”.
Zo‘ravonlikning salbiy psixologik, jinsiy va reproduktiv oqibatlari ayollarga hayotining barcha bosqichlarida ta’sir qiladi. Masalan, qizlar uchun erta ta’limni cheklash nafaqat umumiy ta’lim va qizlarning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish uchun katta to‘siq, balki kelajakda oliy ma’lumot olish va mehnat bozoriga kirishlarini cheklashdir.
Jinsga asoslangan zo‘ravonlik chegarasi bo‘lmasa-da, ba’zi ayollar va qizlar zaifdirlar. Masalan, yosh qizlar va keksa ayollar, migrantlar va qochqinlar, mahalliy va etnik ozchilik ayollar, OIV bilan kasallangan yoki nogironligi bo‘lgan insonlar va gumanitar inqirozga uchragan odamlar.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tenglik, taraqqiyot va tinchlik, ayollar va qizlar huquqlari yo‘lidagi taraqqiyotga to‘siqdir. Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy prinsipi: hech kim ortda qolmaydi – ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bartaraf etilmasdan turib, unga erishib bo‘lmaydi.