Ayollar futboli qiroli oxirgi marta JCHda ishtirok etadi
Sport
−
04 iyul 2023
3919Joriy yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha Yangi Zelandiyada futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi. Ushbu mundial braziliyalik afsonaviy futbolchi Marta uchun so‘nggi dunyo birinchiligi bo‘ladi.
“Men boshqa narsalarga e’tiborni qaratish vaqti kelganini tushunaman. Shuncha yilni terma jamoada o‘tkazganimdan xursandman. Yana Jahon chempionatida ishtirok etish men uchun mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan hodisadir”, deydi Marta.
37 yoshli Marta 2006, 2007, 2008, 2009 va 2010 yillarda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. U 2002 yildan beri Braziliya terma jamoasida o‘ynab kelmoqda va termada 160 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 112 ta gol urgan. U oltita Jahon chempionatida ishtirok etgan. Marta 2007 yilda terma jamoa bilan mundiallardagi eng yaxshi natijani qayd etgan. Xitoy mezbonlik qilgan chempionatda Braziliya terma jamoasi finalgacha borishni uddalab, yakunda kumush medallarga ega chiqqandi.
LiveBarchasi