Ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan kuyov 22 yilga qamaldi
3-sahifa
−
30 iyul 7101 2 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyati Chinoz tumanida kuyov turmush o‘rtog‘i va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingan edi. Mazkur ish bo‘yicha sud hukmi o‘qilib, 25 yoshli erkak 22 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning mart oyida sodir bo‘lgan. Erkak qaynonasining uyida ichkuyov bo‘lib yashagan. U xotiniga 6 marotaba, qaynonasiga esa 8 marotaba pichoq tiqqan.
Mazkur ish kecha, 29 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
“19 mart kuni telefon qilib chaqirdi. Uyga bordim. Devordan oshib o‘tib, oynani tarsillatdim. Onasining yoniga begona erkaklar kelib turardi. Bir bola darvozani ochib chiqib, qochib ketdi. Onasining oldiga kelgan bola deb o‘yladim. Orqasidan ayolim chiqdi. Qilgan ishini bo‘yniga oldi. Hiyonat ustiga borib qolganimdan keyin o‘zimni eplolmay qoldim”, deydi erkak.
Ish hujjatlarida keltirilishicha, kuyov qaynonasi va ayolini pichoq buklanib, sinib ketgunga qadar jarohatlagan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “a”, “j”, “o”, “r” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 22 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoning 2 yilini turmada, qolganini umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Zebo ismli xonanda turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak ushlangan.
Live
Barchasi