Samarqandlik xonanda eri tomonidan o‘ldirildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 26 iyul kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi Zebo ismli xonanda turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Aniqlanishicha, erkak ayolining oldiga farzandlarini ko‘rish maqsadida kelib, u bilan suhbat davomida o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashgan.

Janjal vaqtida erkak turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib, o‘ldirgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chinoz tumanida opasini pichoqlab o‘ldirgan yigitga sud hukmi o‘qilgandi. Toshkent viloyat Chinoz tuman sudi sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand xonanda qasddan odam o'ldirish Zebo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing