Qizning yigitiga yuborgan shaxsiy rasmlari qimmatga tushdi

Jamiyat

image

Buxoroda 21 yoshli qiz yigitiga yuborgan suratlari sababi tovlamachilik qurboni bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Fuqaro 31 yoshli G.B. (ayol) o‘zining tanishi 21 yoshli K.J. (ayol) Telegram messenjeri orqali yoqtirgan yigitiga shaxsiy fotosuratlarini yuborganini ko‘rgan. G.B. bu haqda K.J.ning ota-onasi va boshqalarga aytib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, aprel oyidan 20 iyulgacha undan 3 700 AQSH dollari, umumiy bahosi 20 000 000 so‘m bo‘lgan 1 dona tillo zanjir, 3 dona ayollar tillo uzugi hamda 1 dona ayollar tillo ziragini olgan.

Shuningdek, joriy yilning 20 iyul kuni G.B. K.J.dan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga yana 1 000 AQSH dollari talab qilib, ushbu pullardan 200 AQSH dollarini G‘ijduvon tumani Abadi qishlog‘ida olayotgan vaqtda tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tovlamachilik

Baholaganlar

3888

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing