Ayol qizlarini urgan eri ustidan Bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi
3-sahifa
−
05 mart
4075O‘zbekistonda ayol turmush o‘rtog‘i farzandlariga tazyiq o‘tkazgani yuzasidan Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga murojaat qildi. Bu haqda Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, murojaatchining eri mast holatda 2008 va 2012 yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizini urgan hamda ularga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgan.
Ayol holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan. Biroq vaziyat yuzasidan mutasaddilar tegishli chora ko‘rmagan. Ayolning qizlariga “himoya orderi”ni berish bo‘yicha arizasi ham qanoatlantirilmagan. Bundan norozi bo‘lgan ayol ushbu vaziyatning hal qilinishida Bolalar ombudsmanidan ko‘mak so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘roviga asosan Ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganildi hamda 31 yanvar kuni murojaatchining o‘ziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylashtirilgan.
“Ayolning turmush o‘rtog‘i harakatlariga huquqiy baho berish masalasini o‘rganish bilan birgalikda unga himoya orderi doirasidagi taqiqlar va ularni buzishning huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda 15 yoshli o‘smir Bolalar ombudsmaniga onasining tazyiqidan shikoyat qilgandi.
LiveBarchasi