Ayol erini bir musht bilan o‘ldirib qo‘ydi

Olam

image

Hindistonda 38 yoshli ayol erini bir zarb bilan o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda mahalliy “NDTV” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, 36 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Dubayga olib borish va qimmatbaho sovg‘alar olib berishdan bosh tortgan. Ayolning esa bundan jahli chiqib, erining burniga musht tushirgan. Ushbu zarba natijasida erkakning burni va tishlari singan. Tekshiruvlarga ko‘ra, u ko‘p qon yo‘qotishi sababli vafot etgan.

Vanavdi politsiyasining ma’lum qilishicha, voqea 24 noyabr kuni Hindistonning Pune shahridagi kvartirasida sodir bo‘lgan.  Bir yostiqqa bosh qo‘yganiga olti yil bo‘lgan juftlik o‘rtasidagi janjal ortidan fojia yuz bergan. Ayni paytda ayolga nisbatan Hindiston Jinoyat kodeksining 302-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan xitoylik 38 yoshli erkakni rashk tufayli pichoqlab, o‘ldirgani uchun 10 yilga qamalgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Hindiston Ayol musht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing