Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi o‘zgardi
Jamiyat
−
11 mart 2019 15962 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 martdagi qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.
Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:
- haydovchining imtihon varaqasi;
- milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
- tibbiy ma’lumotnoma;
- transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ya’ni, 2020 yil 31 dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.