“Ayaks” sobiq futbolchisi 3 yillik komadan chiqdi
Sport
−
30 mart 2020
8495"Ayaks" klubining sobiq futbolchisi Abdulxaq Nuriy 2 yilu 8 oydan so‘ng koma holatidan chiqdi. 22 yoshli futbolchi mustaqil ravishda ovqatlanishi, yurishi va o‘tirishi mumkin. Futbolchi 2017 yilning 8 iyul kuni "Verder"ga qarshi uchrashuvda hushidan ketib maydonga yiqilgandi. Shifokorlar 15 daqiqa mobaynida uni hushiga keltirish uchun harakat qilgan. Biroq ular buni uddalay olmagach, Nuriy vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan.
Shifokorlar Abdulhaqqa og‘ir aritmiya - yurak urish tezligining keskin o‘zgarishi tashxisini qo‘yishdi. Unda miyaning tiklanmaydigan shikastlanishi borligi bois, futbolchi koma holatiga tushib qolgandi. U hech qachon yura olmaydi, gaplasha olmaydi, odamlarni taniy olmaydi va ovqatlanmaydi, deb taxmin qilingan edi. Oradan 2 yil 8 oy o‘tgach Nuriy o‘ziga keldi.
Uning sog‘lig‘i kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Futbolchi tez orada oyoqqa turib ketishi kutilmoqda.