“Bavariya”ning ikki a’zosi MYU a’zosiga aylandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt Germaniyaning “Bavariya” klubidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga o‘tdi. Bu haqda MYU matbuot xizmati xabar berdi.

25 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2029 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, marokashlik himoyachi Nussair Mazraui ham “Bavariya”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tdi.

De Ligt 25 yoshda va u faoliyati davomida “Ayaks” va Italiyaning “Yuventus” klublarida o‘ynagan. Himoyachi Niderlandiya, Italiya va Germaniya chempioni hisoblanadi. 26 yoshli Mazraui esa “Ayaks” bilan uch karra Niderlandiya chempioni bo‘lgan, Bundesligada ham g‘olib bo‘lgan.

Mazraui va de Ligt “Ayaks”da “Manchester Yunayted”ning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ayaks Bavariya Matteys de Ligt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made